Erkak va ayol o‘rtasidagi munosabatlar ba’zan juda murakkab, chigal bo‘lishi mumkin. Ammo har qanday munosabatlarni mustahkamlovchi 5 jihat bor, deb yozmoqda "Darakchi" nashri.
1. Doimiy ishonch
Bu juftingizning aldamayotganini bilish uchun telefonini tekshirishingiz kerak degani emas, aksincha, unga ishonganingizdan telefon va kompyuteriga yaqinlashmasligingiz lozimligini bildiradi.
2. Muloqot qilish mahorati
Hech kimga sir emaski, munosabatlarni mustahkamlashda muloqotning roli juda kattadir. Buni aytgandan ko‘ra, bajarish oson. Aksariyat hollarda juftimizning bizni so‘zsiz tushunishini kutamiz, bu qanday oqibatlarga olib kelishi o‘zingizga yaxshi ma’lum.
3. Nizoli vaziyatlarni hal qilish usuli
Orangizda tushunmovchilik paydo bo‘lsa, vaziyatga juftingizning ko‘zi bilan qarang. Bu boshqa odamni tushunishning eng qulay usulidir. Shunda uning nimadan noroziligini bilib olasiz va nizoli vaziyatni qanday bartaraf etish yo‘lini topasiz.
4. Bir-biriga o‘ta bog‘lanib qolmaslik
Turmush qurgandan keyin aksariyat hollarda juftlar dunyoni unutib, bir-birlariga qattiq bog‘lanib qoladilar. Ammo kuchli juftliklar vaqti-vaqti bilan bir-biridan uzoqlashib, dam olishni bilishadi. Ular ayrim paytlarda vaqtlarini yolg‘iz, o‘zlari qiziqqan ish bilan o‘tkazishadi.
5. O‘xshash qiziqishlar
Ma’naviy va moddiy boylik baxtli turmush kechirish asosidir. Ma’naviy boylik sizni shaxs sifatida namoyon qilsa, moddiy boylik oila byudjeti yuzasidan chiqadigan turli janjallarning oldini oladi “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi