5 029
Shahzod Sultonov Feruza Normatovaga uylanayotgani rostmi? Aktyor Ozoda Nursaidovaning klipidan so‘ng avj olgan mish-mishlarga izoh berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Shahzod Sultonov va Feruza Normatova ishtirokidagi videolar ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Bir urishib, 3-4 kundan keyin yarashib oladigan partnyorlar bilan bog‘liq mish-mishlar ham talaygina. Ba’zi savollarga javob olish maqsadida «Daryo» muxbiri Nargizaxon Murodova aktyor Shahzod Sultonov bilan suhbatlashdi.
«Rejissyorlikka qaytmoqchiman, ammo aktyorlikdan ortmayapman»
Foto: Instagram / @shakkhzod_sultonov
— Institutni bitirgan yilim «Begunoh» nomli 67 qismdan iborat serial suratga olganman. Serialning ikki mavsumi katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan. Afsuski, uchinchi mavsumda suratga olamiz, deganimda kuchaytirilgan karantin davri boshlandi. Shundan keyin hamma ishlar ortga surildi. «Serialdan foyda ololmadi, puldan qiynaldi», degan gaplar mutlaqo yolg‘on. To‘g‘ri, puldan qiynalgan paytlarim bo‘lgan, ammo tezda hammasi iziga tushib ketgan. 2019 yil men suratga olgan «Begunoh» seriali reklama bo‘yicha katta yangilik qilgan. Ya’ni uning bannerlari Toshkent shahrining ko‘plab ko‘chalariga ilingan. Reklama zo‘r bo‘lganidan bilish mumkinki, daromad ham shunga yarasha bo‘lgan. Albatta, rejissyorlik faoliyatimni davom ettirishni istayman. Ammo aktyorlikdan ortib, unga vaqt ajratolmay qoldim.
«Ilk hazil videoga Sariq bola sababchi bo‘lgan»
Foto: Instagram / @shakkhzod_sultonov
— Bundan roppa-rosa bir yil avval bir guruh ijodkorlar bilan Turkiyaning Bodrum shahriga sayohat qilganmiz. Jahongir Xo‘jayev, bloger Xonzoda, Feruza Normatova va yana ko‘plab vaynerchilar birga ketishimiz kerak edi. Ammo Jahongir Xo‘jayev ikki kundan keyin o‘zi boshqa reysda boradigan bo‘lib qoldi. U Bodrumga bizdan keyin kelganini ko‘rsatish uchun hazil video suratga olganmiz. Uni Instagram’ga joylaganimda ko‘pchilikka ma’qul keldi. «Kayfiyatim ko‘tarildi, yangisi qachon chiqadi?» degan fikrlardan so‘ng hazil videolar olishga qiziqib ketdik. Feruza bilan ilk videomiz ham aynan Bodrumda tasvirga olingan. Odamlarning fikri ijobiy bo‘lgani uchun Toshkentga kelgandan so‘ng ham uni davom ettirishga qaror qildik.
«Feruza Normatova bilan yaxshi partnyorsiz», degan gapni ko‘p eshitaman. Xalqning fikri hamisha haq. Bildirilayotgan fikrlarda deyarli negativ gaplar yo‘q. Bu ham bizning yutug‘imiz. Samimiy, xalqona va zamon talabidan kelib chiqqan holda videolar olamiz.
«Feruza Normatova bilan oila qurdik, faqat klipda»
Foto: Instagram
— Feruza Normatova bilan oila qurishimiz, unga uzuk taqishim aslida Ozoda Nursaidovaning «Xush kelding» qo‘shig‘ining targ‘iboti bilan bog‘liq edi. U oddiy klip, biz unda rol ijro etganmiz. Klip g‘oyasi qo‘shiqning so‘zlaridan kelib chiqqan holda yaratilgan. Qo‘shiq so‘zlari «Xush kelding hayotimga» degan mazmunda bo‘lgani uchun «Marry me» tarzida klip oldik.
U har doimgidek klip. Bilmadim, nega bunchalik shov-shuv bo‘lib ketdi. Onam ham kulib, «Sen haqingda endi bunaqa deb yozishibdi», dedi. Oila a’zolarim ham bunday gap-so‘zlarni ijobiy qabul qilishadi. O‘rtamizda hech qanday konflikt kelib chiqmaydi. Feruza ikkimizning munosabatlarimiz haqida juda ko‘p gap-so‘zlar tarqalgan. Hammasi mish-mish. Biz do‘st va yaxshi partnyormiz, xolos.
«Instagram’dan yaxshi daromad topiladi»
Foto: Instagram / @shakkhzod_sultonov
— Ijtimoiy tarmoqlardagi roliklar orqali aktyorlik mahoratini to‘liq ochib berish qiyin. Ammo undan zo‘r kayfiyat va energiya olamiz. Jahondagi ko‘plab yulduzlar, xususan mashhur Uill Smit ham ham ijtimoiy tarmoqlarda juda faol. Avvalo o‘zi zavqlanishi uchun, undan keyin boshqalarning kayfiyatini ko‘tarish uchun videolar oladi. Keyin reklama orqali yaxshi daromad ham topiladi. Lekin ijtimoiy tarmoqlardagi faollik ham ijodni talab etadi. Odamlarga nima yoqishini o‘rganish va hamisha nima bilan e’tibor torta olaman, deb bosh qotirish kerak.
«Bloger hech kimning rizqini yulib olayotgani yo‘q»
Foto: Instagram / @shakkhzod_sultonov
— Ijtimoiy tarmoqdagi yoshlarning faolligi borasida turlicha fikrlar bor. Aynan mashhur blogerlarning hech qayerda tahsil olmay, trendga chiqishi ham ko‘plab tanqidlarga sabab bo‘ladi. Avvalo, o‘sha insonlarning rizqi qo‘shilgan ekan, bloger yoki vayner bo‘ldi. Agar Alloh peshanasiga yozmaganida, ming urinib ham bu darajaga erishmagan bo‘lardi. To‘rtta mutaxassisning «bo‘lmaydi» degan gapi hech qanday ahamiyatga ega emas. Endi chiqib kelayotgan ijodkorlar o‘zi hurmat qilgan, mashhur san’atkorning oldiga borib maslahat olmoqchi bo‘lsa, keskin fikr bildirib, uning ruhiyatini cho‘ktirib qo‘yishi mumkin.
O‘zim ham xuddi shu jarayonni boshdan o‘tkazganim uchun yaxshi bilaman. Odamzod o‘ziga 5 daqiqadan so‘ng nima bo‘lishini bilmaydi. Qanday qilib butun boshli odamni kelajakda nima kutayotganini aytib berish mumkin. Yaqinda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga hujjat topshirgan bola oldimga kelib, gapirib berdi. Institutga hujjat topshirgani borsa, o‘sha yerda ishlaydigan ustozlardan biri «Sendan aktyor chiqmaydi, tashqi ko‘rinishing to‘g‘ri kelmaydi. Sening bo‘y-basting, ko‘rinishing Shahzod Sultonovga o‘xshagan bo‘lishi kerak», debdi. Haligi bola bilan gaplashib sezdim-u, uning ishtiyoqi butkul sinib bo‘lgan.
2020 yili O‘zbekistonda vayner va blogerlik sohasi rivojlanishni boshlagan bo‘lsa, o‘shanda chiqqanlarga qarata juda ko‘p tosh otilgandi. To‘g‘ri, ularda kamchilik bo‘lishi mumkin, ammo uni yo‘qotsa bo‘ladi-ku. Bachkana video olayotgan bola ham ulg‘ayadi, qilayotgan ishi noto‘g‘ri ekanligini tushunadi. Har doim ham shunday qolib ketmaydi-ku.
Blogerlar ko‘p pul topadi, deyishadi. Haqiqatan ham ularning daromadi yaxshi. Ammo bir haqiqatni anglash kerak, ular hech kimning rizqini yulib olayotgani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, aktyor Shahzod Sultonov 1996 yilning 27 yanvar sanasida tavallud topgan. Otasi «Zilola» qo‘shig‘i bilan mashhur bo‘lgan xonanda Oybek Sultonov hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin