date
views 563

Ukraina AQSHning tinchlik rejasiga rozi bo‘ldi: Kelishuvning tafsilotlari ma’lum qilindi

Ukraina AQSHning tinchlik rejasiga rozi bo‘ldi: Kelishuvning tafsilotlari ma’lum qilindi
23 aprel kuni bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakuniga ko‘ra, Ukraina Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan taqdim etilgan sulh shartlariga rozi bo‘ldi. Bu haqda AQSH prezidenti Donald Trampning Ukraina masalalari bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellog Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Kellogning so‘zlariga ko‘ra, AQSH delegatsiyasi Yevropa davlatlari va Ukraina rasmiylari bilan birgalikda muzokara stoli atrofida yig‘ilib, tinchlik o‘rnatish uchun aniq 22 ta shartni ilgari surgan va Ukraina tomoni mazkur shartlarni qabul qilgan.

«Biz Ukrainalik hamkasblarimiz va Yevropa davlatlari bilan birgalikda muhim uchrashuv o‘tkazdik. Muzokaralar davomida biz aniq 22 ta shartni belgiladik va Ukraina hukumati bu shartlarni qabul qildi», — dedi Trampning maxsus vakili.

Hujjatda qayd etilganidek, kelishuv asosan hozirda har ikki tomon egallab turgan hududlar bo‘yicha mavjud nazorat chizig‘ini saqlab qolgan holda, o‘t ochishni to‘xtatishni nazarda tutadi. Bu esa yaqin kelajakda urush harakatlarining vaqtincha «muzlatilishi» hamda 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga o‘tishni anglatadi.

Shuningdek, kelishuvda Ukraina hukumati Rossiya tomonining Qrim va ayrim bosib olingan hududlar ustidan amaldagi nazoratini vaqtinchalik tan olishga rozi bo‘lgan. Biroq Kiyev bu hududlarning Rossiya tarkibida ekanini yuridik jihatdan tan olmaydi. AQSH esa, o‘z navbatida, ayni paytdagi vaziyatni hisobga olgan holda, Qrim yarimorolining Rossiyaga tegishli ekanligini de-yure, Lugansk, Donetsk, Xerson va Zaporoje viloyatlarining ayrim qismlarini esa de-fakto tan olishga tayyorligini bildirgan.

«Ukraina vakillari muzokaralarda o‘t ochishni to‘xtatish kuchga kirishi bilan har ikki tomon o‘zining shu vaqtda egallagan pozitsiyalarida qolishiga tayyorligini bildirishdi. Yaqinda o‘tkazilgan uchrashuvlarda bu masala allaqachon muhokama qilingan edi. Hozirgi mavjud nazorat chizig‘i bo‘yicha vaziyatni saqlab qolishga rozi bo‘lishdi», — deb tushuntirdi Kellog.

Ayni paytda AQSHning ushbu tinchlik rejasi rasman e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, uning asosiy bandlari ma’lum bo‘lib ulgurgan. Xususan, ushbu reja Ukrainaning Xarkov viloyatining ayrim qismlarini qaytarib olishini, Zaporoje atom elektr stansiyasi va Kaxovka GES ustidan nazoratni tiklashni, Dnepr daryosida erkin harakatlanish huquqini ta’minlashni va Nikolayev viloyatidagi strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Kinburn qo‘ltig‘i ustidan nazoratni qaytarishni ham o‘z ichiga oladi.

Bu kelishuv tinchlik yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholanmoqda va yaqin kelajakdagi muzokaralarda yanada kengroq ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina AQSHning tinchlik rejasiga rozi bo‘ldi: Kelishuvning tafsilotlari ma’lum qilindi