
“Qo‘rg‘on sirlari” nomli mashhur serial orqali jahonga tanilgan turkiyalik aktrisa Afra Sarachog‘lu tez orada yangi loyiha bilan ekranlarga qaytishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda taniqli turk jurnalisti Birsen Altuntash xabar berdi.
Unga ko‘ra, “Qo‘rg‘on sirlari” seriali finalidan keyin qisqa muddatli ta’tilga chiqqan Sarachog‘lu prodyuser Onur Guvenatamning OGM Pictures kompaniyasi bilan yana hamkorlik qiladi. Aktrisa Disney Plus platformasi uchun maxsus ishlab chiqilayotgan “Pera” nomli serialning bosh qahramoni obrazini yaratishi kutilmoqda.

Yangi serialning rejissyorlik vazifasini Bahodir Karatash bajaradi. Loyiha ssenariysi esa Bashar Basharan tomonidan yozilgan bo‘lib, uning syujet yo‘nalishi mashhur “Truman shousi” filmining mavzusiga o‘xshash bo‘lishi aytilmoqda. Afra Sarachog‘lu esa ushbu serialda bosh qahramon – Pera rolini ijro etadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, aktrisa allaqachon loyihani ma’qullagan va shartnoma imzolash bosqichida turibdi.

Shu bilan birga, aktrisa may oyida mashhur turk yulduzi Engin Akyurek bilan birgalikda Global Tourism Promotion Platform Go Turkiye uchun tayyorlanayotgan reklama filmida ham suratga tushadi.
Aktrisaning ta’kidlashicha, u avval ham bir nechta yangi seriallardan takliflar olgan, ammo yakuniy qarorga hali kelmagan edi. Bu safar esa uning tanlovi aniq bo‘lib, suratga olish ishlari iyun oyidan boshlanishi rejalashtirilgan. “Pera” serialining premerasi Disney Plus platformasida 2025 yilning ikkinchi yarmida bo‘lib o‘tadi.
O'zbekiston yangiliklari Afra Sarachog‘luYangi SerialPera LoyihasiDisney PlusTruman ShousiGlobal Tourism Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar