Munisa Rizayeva: “Kecha juda qo‘rqdim, sal qoldi... bu dunyoni tark etishimga” (video)

1 daqiqa o'qish45.9K
Munisa Rizayeva: “Kecha juda qo‘rqdim, sal qoldi... bu dunyoni tark etishimga” (video)
Mashhur xonanda Munisa Rizayeva kecha o‘zining Instagram sahifasi orqali muxlislariga murojaat qildi va boshidan kechirgan og‘ir holat haqida ochiq so‘zladi. Uning aytishicha, allergiya va organizmidagi shok holati tufayli o‘lim xavfi bilan yuzma-yuz kelgan.

“Sal qoldi bu dunyoni tark etishimga…”

“Assalomu alaykum, do‘stlar! Katta rahmat — men uchun xavotir olganinglar uchun. Rostini aytsam, kecha ahvolim og‘irlashdi. Qon bosimim ko‘tarildi, zaharlanish bo‘ldi. Hech narsa qila olmay, o‘rnimdan turolmadim. Juda qo‘rqib ketdim… oy, sal qoldi bu dunyoni tark etishimga,” — dedi Rizayeva qalbdan chiqqan so‘zlar bilan.

“Tavba qildim, hech kimga ravo ko‘rmayman…”

Honanda shifoxonada tahlillar topshirib, nima yeb-ichishi mumkinligini yaxshilab bilib olganini aytdi. U bu holatni Hayot sabog‘i sifatida qabul qilgan:

“Endi nima iste’mol qilish mumkin, nima mumkin emas — bilib oldim. Tavba qildim, hech kimga ravo ko‘rmayman. Hammaga faqat salomatlik tilayman. Chunki sog‘lik — eng katta boylik.”

“Ona bo‘lgandan keyin boshqacha qo‘rqar ekansan…”

Munisa Rizayeva birinchi marta o‘zining onalik tuyg‘ulari haqida ochiq so‘zladi. Uning fikricha, ona uchun eng katta qo‘rquv — farzandini yolg‘iz qoldirishdir:

“Ona bo‘lgandan keyin shunday bo‘lar ekansan — faqat bolangni o‘ylaysan. Kecha yig‘lab o‘yladim: agar menga nimadir bo‘lsa, farzandim nima qilar ekan? Onasiz qolsachi?..”

Fantom ko‘zoynak, oq futbolka va tiniq tabassum — u hozir yaxshiroq

Murojaat paytida xonanda mashinani ichida, oq futbolka, jilyetli ko‘zoynak va tiniq tabassum bilan muxlislarini xotirjam qilishga harakat qildi. Uning ahvoli hozir yaxshi, ammo bu holat muxlislar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini ham jiddiy o‘ylantirdi.

Siz nima deb o‘ylaysiz — sog‘likka e’tiborsizlik san’at olamida qanchalik xavfli? Muxlis sifatida Munisaga nima degan bo‘lardingiz?
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?