
O‘zbekistonning sevimli xonandasi Munisa Rizayeva har galgidek muxlislarini hayratga solish uchun navbatdagi yangilik bilan chiqish qilmoqda. Bu safar xonanda nafaqat yangi qo‘shig‘i bilan, balki tubdan o‘zgargan imiji bilan ham hammaning e’tiborini o‘ziga jalb qildi.
Ijtimoiy tarmoqdagi videomurojaatida xonanda yangi klipini tasvirga olayotganini ma’lum qilib, bu klipni odatdagidan mutlaqo farqli va o‘ziga xos bo‘lishini ta’kidladi.
"Biz hozir tasvirga olish jarayonidamiz va bu qanday bo‘lishini hatto o‘zim ham tasvirlab bera olmayman. Sizlarni oldin hech ko‘rmaganingizdek ajoyib, boshqacha klip kutmoqda. Bizlarni kuzatib boring!" – deb muxlislariga samimiy va quvnoq murojaat qildi xonanda.
Munisa ushbu murojaatida o‘zining pushtirang soch turmagi bilan ham muxlislarini hayratda qoldirdi. Uni bu yangi, yorqin ko‘rinishda ko‘rgan muxlislari ijtimoiy tarmoqlarda bu haqdagi qizg‘in muhokamalarni boshlab yuborishdi.

Bu yangicha obraz xonandaning ijodiy izlanishlari va yangi eksperimentlari davom etayotganidan dalolat beradi. Ko‘rinib turibdiki, xonanda o‘zining nafaqat musiqiy ijodida, balki obrazida ham doim yangilik va o‘zgarishlarga intiladi.
Hozircha yangi klip qachon namoyish etilishi aniq emas, lekin xonanda va’da qilganidek, bu klip har bir muxlisning yodida qoladigan darajada ta’sirli va yorqin bo‘lishi kutilmoqda. Demak, kutishga arziydi!
Munisa Rizayeva yana bir bor o‘zining yoqimli ohangi, samimiy tabassumi va o‘zgacha obrazi bilan muxlislari qalbidan joy olishga shay! “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar