
19 may, payshanba kuni ertalab Xerson viloyatining qisman Rossiya nazoratidagi Aleshki shahridagi bozorda mudhish hodisa yuz berdi. Rossiya tomoni tayinlagan gubernator Vladimir Saldoning so‘zlariga ko‘ra, bozorga Ukraina Qurolli kuchlarining FPV dronlari orqali hujum qilingan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 7 kishi halok bo‘lgan, yana 20 dan ortig‘i tan jarohati olgan. Saldoning ta’kidlashicha, hujum birinchi to‘lqinidan so‘ng, yaradorlarga yordam ko‘rsatilayotgan paytda yana dronlar uchirilgan. U buni "qasddan omon qolganlarni yo‘q qilish urinishi" deb baholadi.
Telegram orqali tarqalgan video va fotosuratlarda voqea joyi aks etgan bo‘lsa-da, hujum masshtabini aniq tasdiqlovchi ma’lumot yo‘q.
“Agentstvo.Novosti” va Conflict Intelligence Team manbalari bu suratlar hech qanday holda hujumni Ukraina tomoni amalga oshirganini tasdiqlamasligini bildirishdi. “Hujum katta miqyosli bo‘lgani aniq emas. Hujumning qay tomondan amalga oshirilgani bo‘yicha qat’iy xulosa chiqarib bo‘lmaydi”, deyiladi nashrda.
Ukraina rasmiylari bu fojea yuzasidan hozircha hech qanday rasmiy bayonot bermagan.
Hozircha eng asosiy savol: bu haqiqatdan ham Ukraina tomoni tomonidan qilingan hujummi yoki axborot urushi doirasidagi navbatdagi ma’lumotlar to‘qimasimi?
Aleshki Shahridagi HujumUkraina Qurolli KuchlarRossiya GubernatoriDron HujumlariHalok Bo‘lganlarAxborot Urushi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar