
Islom Ismoilov boshqaruvidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi ertadan o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishadi. O‘smirlar terma jamoasi Toshkent viloyatida 3 may kunidan mashg‘ulotlarni boshlaydi.
Oldinda turgan muhim musobaqa — FIFA U-17 Jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik ko‘rish, yosh futbolchilarning bor e’tiborini mashg‘ulotlarga qaratishni ta’minlash maqsadida yig‘in yopiq formatda tashkil etiladi. Mashg‘ulot jarayonlari O‘FA rasmiy sahifalari orqali yoritib boriladi.
Darvozabonlar: 1.Ibrohim Shokirov, 12.Bahodir Izboskanov, 21.Nematulloh Rustamjonov.
Himoyachilar: 2.Hojiakbar Botiraliyev, 3.Muhammad Hakimov 4.Mo‘minxon Bahodirxonov, 5.Amirxon Murodov, 6.Miraziz Abdukarimov, 14.Behruz Saidmurodov, 15.Muhammadali Musaxonov, 23.Dilyorbek Mahmudjonov.
Yarim himoyachilar: 7.Sadriddin Hasanov, 8.Akbar Muhammadov, 10.Muhammad Habibullayev, 11.Sayfiddin Sodiqov, 13.Abdulloh Fazliddinov, 16.Azizbek Abdumo‘minov, 17.Jamshidbek Rustamov, 18.Abubakir Shukurullayev, 19.Azizbek Erimbetov, 22.Faridjon Abdullayev.
Hujumchilar: 9. Nurbek Sarsenbayev, 20.Aslbek Aliyev.

O‘zbekiston U-17Toshkent viloyatiO‘FA rasmiyFIFA U-17o‘quv-mashg‘ulotyosh futbolchilaryopiq format O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar