17:09 / 17.10.2024
45

Hanuzgacha “Oskar”ga munosib ko‘rilmagan Gollivud yulduzlari

Hanuzgacha “Oskar”ga munosib ko‘rilmagan Gollivud yulduzlari
Mazkur aktyor va aktrisalar taniqli rejissyorlarning mashhur loyihalarida rol o‘ynaydi, lekin hozirgacha birorta “Oskar” mukofotini qo‘lga kirita olishmagan.

Margo Robbi

Gollivuddagi go‘zal qizlar ko‘pincha o‘z tashqi ko‘rinishlarining asiriga aylanadi. Margot Robbi bilan ham shunday bo‘lgan. U ilk paytlarda faqatgina jozibali ma’shuqalar va axloqi buzuq qizlar rollarini o‘ynagan.

Barchasini Martin Skorseze va uning “Uoll-strit bo‘risi” filmi o‘zgartirdi. Premeradan so‘ng Robbi mashhurlikka erishadi. U dastlab kinodan ketmoqchi ham bo‘lgan — mashhurlik yukini ko‘tarish qiyin bo‘lib tuyulgan. Ammo buning o‘rniga, aktrisa o‘zining prodyuserlik kompaniyasini tashkil etishga qaror qiladi, endi esa u imkoniyatlarni kutmasdan, ularni o‘zi yaratadi.

Robbining kompaniyasi qo‘llab-quvvatlagan filmlar kuchli ayol qahramonlar, noodatiy dramaturgiya va ayollarning dunyoqarashini aks ettiradigan asarlar bilan ajralib turardi. Bu filmlar orasida “Tonya hammaga qarshi”, “Yirtqich qushlar”, “Barbi” filmlari va “Qo‘g‘irchoq” seriali ham bor. Margo “Tonya”, “Janjal” va “Barbi” filmlaridagi rollari uchun “Oskar”ga nomzod bo‘lgan, ammo hali mukofot olgan emas.

Rayan Gosling

Rayan Goslingga mashhurlikka 13 yoshidayoq erishgan — Disney Channel’dagi “Mikki Maus klubi”da Britni Spirs va Jastin Timberleyk bilan birga suratga tushgan.

Tipik Gollivud yigitiga o‘xshash tashqi ko‘rinishiga qaramay, o‘smirlik yillaridan so‘ng turli xil rollarni ijro etgan: u bir necha marta neonatsist, psixopat talaba va hattoki qo‘g‘irchoqqa oshiq bo‘lgan sodda yigit rolini ham o‘ynagan. Goslingning butun dunyoga tanilishiga sabab bo‘lgan film esa mashhur melodrama “Xotiralar daftari” edi.

Biroq unga uchta Kinoakademiya nominatsiyasini keltirgan rollar tipik romantik qahramonlar emasdi. “Yarim Nelson” filmida u giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan maktab o‘qituvchisini o‘ynadi, “La-La Lend”da jazz musiqachisi Sebastyan obrazini yaratadi, u muvaffaqiyatga erishish uchun murakkab tanlovlar qilishga majbur bo‘ladi. “Barbi” filmida esa mallasoch qo‘g‘irchoqning doimiy hamrohi Kenni qayta ijro etib, qahramonining hayoti unchalik ham oson emasligini ko‘rsatdi va mashhur komedik iste’dodini namoyish etadi.

Bill Myurrey

Bill Myurrey deyarli 100 ta filmdagi rollari bilan tanilgan, eng ko‘zga ko‘ringanlari esa “Arvoh ovchilari” va “Sug‘ur kuni” komediyalaridagi jo‘shqin va o‘z bilganidan qolmaydigan obrazlaridir. 90 yillar oxirida Ues Anderson Myurreyning jiddiy obrazdagi katta tragikomik potensialini payqaydi va uning karyerasini qayta jonlantiradi. Myurrey “Rashmor akademiyasi” va “Tenenbaumlar oilasi” filmlarida suratga tushadi.

Keyinchalik Sofiya Koppola aktyorni o‘zining ikkinchi filmi — “Tarjima mashaqqati” da bosh rolga taklif qiladi. Myurreyni filmda ishtirok etishga ko‘ndirish uchun Koppolaga bir necha oy kerak bo‘ladi — chunki aktyor ommadan uzoqda bo‘lishni afzal ko‘radi, unga film takliflari bilan yetib borish juda qiyin.

Qarib qolgan aktyorning begona ayol bilan munosabatlari haqidagi film bir zumda hitga aylandi. Bill Myurrey o‘sha paytda Sofiyaning qo‘ng‘irog‘iga javob bergani bejiz emas edi. Bob Xarris roli uchun u o‘zining birinchi va oxirgi “Oskar” nominatsiyasini oladi.

Skarlett Yoxansson

Time jurnali aktrisani dunyoning eng nufuzli 100 kishisi qatoriga kiritgan, umuman olganda, Yoxansson tarixdagi eng daromadli kino yulduzlaridan biri. Biroq Kinoakademiya uning mehnatini haligacha munosib taqdirlamagan.

2020 yilda aktrisa ikkita “Oskar” nominatsiyasiga ega bo‘ladi: biri Drayver bilan birga “Nikoh haqidagi hikoya” uchun, ikkinchisi Tayka Vaytitining “Quyoncha Jojo” filmidagi ikkinchi plandagi roli uchun. Bu filmda u Gitler qo‘shinlariga qarshi kurashayotgan jasur ayol va bosh qahramon — Jojo ismli bolakayning onasini o‘ynaydi. Yoxanssonda “Oltin sher”dan tortib BAFTA mukofotigacha bo‘lgan ko‘plab nufuzli mukofotlar bor, ammo haligacha “Oskar” ololmagan.

Kira Naytli

Kira Naytli yoshligidanoq aktyor bo‘lgan ota-onasidan shaxsiy agent bilan ta’minlashni va kastinglarda qatnashishni talab qilgan. U ulg‘aygach, bosh rollar uchun qat’iyat bilan harakat qila boshlaydi. 2003 yilda 18 yoshli Naytli “Karib dengizi qaroqchilari” filmida suratga tushadi. Ushbu rol Kinoakademiya tomonidan tan olinmasa-da, unga katta kinoga yo‘l ochadi.

Jeyn Ostinning “Andisha va g‘urur” romani ekranlashtirilganda, aktrisa Elizabet Bennet obrazini yaratadi. Ushbu roli uchun u birinchi marta “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘ladi.

Keyingi nominatsiyani Naytli “Taqlid o‘yini” filmidagi ikkinchi plandagi roli uchun oladi. U yerda britaniyalik kriptograf va matematik Jon Klark obraziga kirib, Alan Tyuring bilan birgalikda natsistlarning shifrlash tizimini ochishga uringan tarixiy shaxsni o‘ynaydi.

Jeyk Jillenhol

Jeyk Jillenhol rejissyor va ssenarist oilasida tug‘ilgan. U 11 yoshidan filmlarda suratga tusha boshlaydi va keyinchalik kultga aylangan obrazlarni yaratadi.

Katta shuhrat va Jillenholning birinchi hamda yagona “Oskar” nominatsiyasi “Bukri tog‘” filmidagi roli tufayli keladi. Kinoakademiya bu filmni uchta “Oskar” bilan taqdirlaydi — ammo faqat rejissyura, ssenariy va saundtrek uchun.

Aktyorning ismi doimo tilga olinib kelinadi. U taniqli rejissyorlarning yirik loyihalarida suratga tushadi, ammo hozirgacha “Oskar” mukofiga munosib ko‘rilmagan.

Oskar, Olmagan, Gollivud yulduzlari, Kira Naytli, Skarlett Yoxansson

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Hanuzgacha “Oskar”ga munosib ko‘rilmagan Gollivud yulduzlari