
Amerikalik aktyor Kevin Kostner AQShning sobiq prezidenti Bill Klinton rolini ijro etish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu rol siyosiy drama janridagi "United" serialida namoyish etiladi.
Mazkur loyiha hozirda boshlang‘ich ishlab chiqish bosqichida bo‘lib, BMT bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Kostner nafaqat aktyor sifatida, balki Leonardo DiKaprio bilan birgalikda ijrochi prodyuser sifatida ham loyihada ishtirok etadi.
Serial ssenariysi va rejissyorligi "Night Hunter" filmi bilan tanilgan Devid Raymondga topshirilgan. "United"da insonparvarlik sohasida faoliyat yuritayotgan va dunyoni yaxshilashga intilayotgan xodimlarning haqiqiy hikoyalari yoritiladi.
Seriyani ishlab chiqarish bilan Appian Way, Onwards Studios va Prime Focus DNEG studiyalari shug‘ullanadi, tarqatish huquqi esa Fifth Season kompaniyasiga tegishli. Kevin Kostner yaqinda o‘zi suratga olgan va bosh rolni ijro etgan katta hajmdagi "Horizon: An American Saga" vestern filmi bilan ham e'tiborga tushgan edi.
Filmning birinchi qismi 2024-yilda Kann kinofestivalida taqdim etilgan, ikkinchi qismi esa Venetsiyada namoyish qilingan bo‘lib, hozirda kinoteatrlarda chiqishi kutilmoqda.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.