
1959-yilda Xitoy hukmronligiga qarshi qo‘zg‘olon muvaffaqiyatsiz tugagach, minglab tibetliklar Dalay Lama boshchiligida xavfli Himoloy dovonlaridan oshib Hindistonga yetib kelgan. Bu yerda ular diniy va madaniy aloqalar asosida qabul qilingan bo‘lsa-da, oradan o‘tgan o‘nlab yillarda ham fuqarolik olish imkoniga ega bo‘lmadi.
Bugungi kunda Hindistonda 70 mingga yaqin tibetlik yashaydi. Ular har besh yilda yangilanishi kerak bo‘lgan maxsus ro‘yxat guvohnomasi bilan hayot kechiradi. Pasport olish uchun esa guvohnomadan voz kechish talab qilinadi, bu esa ko‘pchilik uchun o‘z milliyligini yo‘qotishdek tuyuladi.
Yoshi katta avlod vatanni xavf tufayli tark etganini aytadi, yoshlar esa hech qachon u yerda tug‘ilmagan va yashamagan bo‘lsa-da, til, madaniyat va mansublik hissini yo‘qotayotganidan kuyinadi. Huquqlarning cheklanganligi ish, sayohat va ta’lim imkoniyatlarini ham toraytiradi.
So‘nggi yillarda ko‘plab tibetliklar AQSh va Kanada kabi davlatlarga o‘qish yoki ish vizasi orqali ko‘chib ketmoqda. Ayrimlar esa fuqarolik olib, keyinchalik Tibetga borib oilasini ko‘rish umidida.
Yaqinda 90 yoshini nishonlagan Dalay Lama vorisini o‘zi tayinlashini e’lon qildi. Tibetliklar uchun uning hayoti xalqaro e’tibor kafolati bo‘lib qolmoqda, ammo ko‘pchilik uning vafotidan keyin qo‘llab-quvvatlash zaiflashishidan xavotirda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar