“Osmondagi oy edi”: Surayyo Qosimova turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgani haqida gapirdi

1 daqiqa o'qish22.7K
“Osmondagi oy edi”: Surayyo Qosimova turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgani haqida gapirdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Xonanda Surayyo Qosimova 18 yillik turmushidan keyin turmush o‘rtog‘i, sozanda Husan Qosimov bilan ajrashgani haqida ochiq gapirdi.
  • U “Yoshlar” telekanaliga bergan intervyusida bu nikohdan ikki farzand dunyoga kelgani va o‘zi yaxshi ona hamda ayol bo‘lishga harakat qilganini ta’kidladi.
  • Xonanda ajrashish qarori oson bo‘lmagani, biroq sobiq turmush o‘rtog‘ining ota-onasi haqida o‘ylab, bu ikki tomon uchun to‘g‘ri yo‘l ekanini qayd etdi.

“Arzanda jonim” qo‘shig‘i bilan muxlislar qalbidan joy olgan xonanda Surayyo Qosimova shaxsiy hayotidagi muhim burilish haqida ochiq gapirdi. U “Yoshlar” telekanaliga bergan intervyusida 18 yillik turmushidan nega ajrashganini bayon qildi.

Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, ularning nikohidan ikki farzand dunyoga kelgan va u o‘zini ona sifatida baxtli his qiladi. Shu bilan birga, u oiladagi barcha ayollik vazifalarini sidqidildan bajarganini ta’kidladi.

“Osmondagi oy edi”: Surayyo Qosimova turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgani haqida gapirdi

— Alloh bizga ikki shirin farzand berdi. Men bor imkoniyatim bilan yaxshi ona va ayol bo‘lishga harakat qildim. “Men san’atkorman” deb, uy ishlaridan chetda turmadim. Qiyinchilikda ham, farovonlikda ham birga bo‘ldik, — deydi xonanda.

Surayyo Qosimova ajrashish qarori oson bo‘lmaganini, ammo bu ikki tomon uchun to‘g‘ri yo‘l deb hisoblaganini aytdi. U, ayniqsa, turmush o‘rtog‘ining ota-onasi haqida ko‘proq o‘ylaganini qayd etdi.

“Osmondagi oy edi”: Surayyo Qosimova turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgani haqida gapirdi

— Har bir ota-ona farzandi uchun orzu qilgan kelin bo‘ladi. Balki men ular istagan kelin bo‘la olmagandirman. Shuning uchun turmush o‘rtog‘imga: “Siz men uchun osmondagi oysiz, ammo qo‘lim yetmaydi. Mening o‘rnim yerda”, deganman, — deb eslaydi u.

Ma’lumot o‘rnida, xonanda 17 yil davomida sozanda Husan Qosimov bilan birga yashagan. U avvalgi intervyularida ham bir necha bor ajrashish haqida o‘ylaganini, ammo turmush o‘rtog‘ining sabri tufayli munosabatlar davom etganini aytgan edi.

Surayyo Qosimovaning bu ochiq bayonoti muxlislar orasida turli fikrlarga sabab bo‘lmoqda. Biroq u bu qarorni o‘ylab, anglab qabul qilganini alohida ta’kidladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?