
O‘zbek estradasining mashhur xonandalaridan biri Munisa Rizayeva Toshkent shahrida havoning keskin yomonlashgani va bu holat sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda fikr bildirdi. U Instagram sahifasida his-tuyg‘ular bilan yozilgan postida quyidagicha deydi:
“Man shokdaman. Bugun qanaqa kunim o‘tganini, qanaqa nafas olganimni, qanaqa qiynalganimni faqat men va Alloh biladi! Toshkentda yashamoq — hayot uchun xavfli???”
Xonanda ushbu post orqali nafaqat o‘zining ruhiy va jismoniy holatini ifodaladi, balki poytaxtdagi ekologik vaziyatga ham e’tibor qaratdi. U bir necha kundan buyon sog‘lig‘i yomonlashgani, davolanayotganini, ayniqsa havo sifati past bo‘lgan paytlarda og‘ir ahvolda qolayotganini ochiq aytgan.
Bu post ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Ko‘plab izohlarda foydalanuvchilar Toshkent havosining ifloslanishi, ekologik muammolar va inson salomatligiga xavf tug‘diruvchi omillar haqida o‘z fikrlarini bildirishmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.