date

Gvardiola bu avlod yulduzini eʼlon qildi

Gvardiola bu avlod yulduzini eʼlon qildi
Manchester Siti bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Norvegiya terma jamoasi va "shaharliklar" hujumchisi Erling Holand haqida o'z fikrlarini bildirdi. "Holand – bu avlodning asosiy isteʼdodi.

Unda uni noyob futbolchiga aylantiradigan barcha fazilatlar mujassam. Bunday futbolchilar bir necha avlodda bir marta paydo bo'ladi", – dedi Gvardiolaning so'zlarini Marca nashri keltiradi.

Joriy mavsumda skandinaviyalik hujumchi Angliya klubi safida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. "Manchester Siti"ning navbatdagi o‘yini 22-noyabr kuni safarda "Nyukasl"ga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gvardiola bu avlod yulduzini eʼlon qildi