date

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi qaror

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi qaror
O‘zbekistonda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 16 ming nafar yoshlar ish bilan ta’minlanishiga ko‘maklashiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning qarorida qayd etilgan.

“Kitobxonlik” loyihasi doirasida ilmiy-ommabop va badiiy kitoblar o‘qiydigan yoshlar ulushini 10 foizga oshirish rejalashtirilmoqda. Kelgusi yil fevral oyidan boshlab kam ta’minlangan oilalar reyestriga kiritilgan yoshlarga ijtimoiy yordam shartnoma asosida taqdim etiladi.

Bunda yordam oluvchi bir qator talablarni bajarishi lozim: uzluksiz o‘qish, yaxshi o‘zlashtirish, “Besh tashabbus olimpiadasi”da qatnashish. Agar yordam oluvchi belgilangan talablarni bajarmasa, yordam miqdori 30 foizgacha kamaytirilishi yoki bir oy muddatdan bir yilgacha va undan ko‘proq muddatga to‘xtatilishi mumkin.

Shartnoma shartlarini bir yil davomida bajarib kelgan yoshlar ijtimoiy yordamni navbatsiz va imtiyozli shartlarda olishlari mumkin. Shuningdek, ming nafar eng faol yoshlar pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi qaror