date

Boateng Barselonaga nega keldi?

Boateng Barselonaga nega keldi?
Germaniya milliy terma jamoasi va Myunxenning "Bavariya" klubi sobiq futbolchisi Jerom Boateng Kataloniyaning "Barselona" klubi mashg'ulot maydonchasida ko'rindi. Bu haqda "ko'k-anorranglilar" matbuot xizmati xabar berdi.

"Xush kelibsiz, Jerom Boateng", - deyiladi "Barselona"ning ijtimoiy tarmoqdagi xabarida. Tashrif davomida Boateng "Bavariya"ning sobiq bosh murabbiyi Xans-Diter Flik, myunxenliklar sobiq hujumchisi Robert Levandovski va "Barselona"ning boshqa futbolchilari bilan suhbatlashdi.

Jerom "Barselona" bazasida bir necha kun vaqt o'tkazadi. Eslatib o'tamiz, u 37 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Boateng Barselonaga nega keldi?