date

Aktrissa Yeva Grin “Uenzdey”ning yangi mavsumida sirli obrazda qaytmoqda

Aktrissa Yeva Grin “Uenzdey”ning yangi mavsumida sirli obrazda qaytmoqda

Mashhur va rekordlar o‘rnatgan “Wednesday” seriali aktyorlar tarkibi yanada boyimoqda. Tabloidlar tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, uchinchi mavsumda Gollivudning eng maftunkor, sirli va gotik rollarga juda mos fransuz aktrisasi — Yeva Grin jamoaga qo‘shiladi. U loyihada Ofeliya Framp, ya’ni Wednesdayning xolasi va Martisha Addamsning singlisi obrazini ijro etadi.

Tomoshabinlar Ofeliya Frampni ikkinchi mavsum finalida bir necha soniyalik epizodda ko‘rishgandi. U o‘sha sahnada Wednesdayga g‘alati, tushunarsiz va o‘ta sirli xabar qoldirishi serial muxlislarida kuchli qiziqish uyg‘otgan edi.

Loyihadagi ma’lumotlarga ko‘ra, Ofeliya Framp — Addamslar oilasiga xos bo‘lgan ekstrasensor qobiliyatlarni o‘zida mujassam etgan qahramon. Biroq uning taqdiri mutlaqo oson kechmagan: onasi uni bolaligida ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirgan, Ofeliya esa o‘sha yerdan qochib ketgan va ko‘p yillar davomida bedarak hayot kechirgan. Yangi mavsumda uning hikoyasi, qanday xavfli kunlarni boshdan kechirgani va Wednesdayning qobiliyatlariga qanday ta’sir ko‘rsatishi atroflicha namoyon etiladi.

Uchinchi mavsum ustidan ish olib borayotgan ssenaristlar — avvalgi kabi Alfred Gof va Mayls Miller. Serialning vizual ruhini shakllantirgan mashhur Tim Byorton esa yana bosh rejissyor va ijrochi prodyuser sifatida qaytib, yangi mavsumga o‘z uslubiy imzosini qo‘yadi.

Yeva Grin bilan Tim Byorton ilgari ham “Qorong‘u soyalar” filmida birga ishlagandi. Shuningdek, aktrisa “Qo‘rqinchli ertaklar”, “Yomon nazar” kabi qator mo‘jaz va mistik loyihalarda ham faol qatnashgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Aktrissa Yeva Grin “Uenzdey”ning yangi mavsumida sirli obrazda qaytmoqda