Nargiza Abdullayeva: "Qutilganimga shukr qilaman”

Aktrisa Nargiza Abdullayeva Navo telekanalining “13-studiya” dasturi mehmoni bo‘lib, shaxsiy hayotiga doir ochiq va samimiy suhbat bilan ko‘pchilikni o‘ylantirdi. Dasturda teleboshlovchi Nasriddin Nasriddinov undan birinchi turmushi haqida savol berdi:
“Birinchi turmushingizni eslash unchalik yoqmasligini bilaman. U oila sevish bilan qurilmagan. Hatto aytishlaricha, do‘stlari bilan bahslashib, sovchi qo‘ygan yigit ekan. Bugun o‘sha kunlarni eslasangiz, nima hissiyotlar paydo bo‘ladi?”
Nargiza Abdullayeva bu savolga juda ochiq javob qaytardi:
“Qizlarga aymoqchiman: sovchi keldi deb darrov rozilik berish kerak emas. Ota-onalarning gapini eshitish kerak ekan. Ular 'bu yigit to‘g‘ri emas' deyishsa, demak rostdan ham shoshilmaslik kerak.”
Aktrisaning aytishicha, u 17 yoki 18 yoshlarida turmushga chiqqan:
“O‘sha paytda yosh edim. O‘zim ham xohlamaganman, lekin sovchilar kelaverib quyishmaganligi uchun rozi bo‘lganman. Keyin hatto tushimda ko‘rib chiqardim. Tushda ko‘rsam ham qo‘rqib ketardim, terlab uyg‘onardim — yana o‘sha oilami deb. Ma'nan ezilish juda yomon ekan.”

Uning ta’kidlashicha, u yoshlikda yuzaga kelgan qiynalishlarni hech kimga ayta olmagan:
“Odamlarning maskasi har xil bo‘larkan. Hech kimni bilib bo‘lmas ekan. Biz san’atkorlarni esa ayblash oson. 'Aktrisa-da', deb hamma narsani bizdan ko‘radi. Ammo aslida biz ham oddiy insonmiz, ehtiromga muhtojmiz.”
Aktrisaning ushbu samimiy mulohazalari ko‘plab tomoshabinlarni o‘ylantirdi va qizlar uchun jiddiy hayot sabog‘iga aylandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!