
Musiqada ba’zan bittagina qo‘shiq butun artist taqdirini tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkin. Bu xolatni eng yorqin qilib ko‘rsatadigan misollardan biri — 1994-yilda dunyoga kelgan va oradan 30-yilga yaqin vaqt o‘tsa ham, har dekabrda qayta-qayta charog‘’lanib, tinglovchilarni rom etishda davom etayotgan Merayya Kerining mashhur “All I Want for Christmas Is You” taronasidir. Bu qo‘shiq nafaqat madaniyatning ajralmas qismiga aylandi, balki xonandaning eng barqaror, hech qachon so‘nmaydigan daromad manbalaridan biriga ham aylanib ulgurgan.
The Economist tahlilchilari hisob-kitobiga ko‘ra, ushbu kompozitsiya Merayyaga har yili taxminan 2,5 million dollar pul kiritadi. Ayrim moliyaviy mutaxassislar esa bu raqam yanada yuqori — 3 million dollargacha yetishi mumkinligini ta’kidlaydi. Bu miqdor bir necha yo‘nalishdan shakllanadi: striming servislaridagi tinglanishlar, radio efirlaridan tushadigan to‘lovlar va mualliflik haqlari.
Qo‘shiqning shu qadar ommalashganiga sabablar ko‘p. Birgina Spotify’ning o‘zida u 2,24 milliard martadan ortiq tinglangan — bu endi shunchaki raqam emas, balki zamonaviy Rojdestvoning ajralmas musiqiy ramziga aylanganidan darak. Har yili dekabr yaqinlashishi bilan tinglanishlar keskin oshadi, hatto statistikalar ham «boshqa qo‘shiqlardan uzoqda» qoladi. Masalan, 2023-yildagi mavsumda u yana jadvallarning yuqori pog‘onalariga ko‘tarilgan edi.
Forbesning tahlillariga ko‘ra, trek taqdim etilganidan to hozirgacha Merayya Keri va qo‘shiq hammuallifi Uolter Afanaseff umumiy hisobda 92 million dollardan ortiq mualliflik daromadiga ega bo‘lishgan. Bu ko‘rsatkich taronani tarixdagi eng yuqori daromad keltiradigan Yangi yil mavzusidagi musiqa kompozitsiyalardan biri sifatida mustahkamlab qo‘ygan.
Qo‘shiqning yana bir o‘ziga xos jihati — uning madaniy ta’siri. Merayya har yili turli brendlar bilan reklama hamkorliklari qiladi, maxsus Rojdestvo turne va shoularini tashkil etadi, Netflix va Apple TV+ kabi yirik platformalarda bayram konsertlarini o‘tkazadi. Ya’ni trek nafaqat tinglovchilar xotirasida, balki shou-biznesning moliyaviy bozorida ham o‘z o‘rnini topgan.
Shu bilan birga, Merayyaning o‘zi uchun bu tarona faqat pul manbai emas. 2019-yilda Cosmopolitan jurnaliga bergan intervyusida xonanda bolaligi haqida shunday degan edi:
Shuning o‘zidayoq “All I Want for Christmas Is You” nima uchun 30-yildirki o‘chmas xitga aylanib kelayotganini anglatadi. U nafaqat katta daromad, balki insonlarning bayram tuyg‘usiga bog‘langan samimiy xotiralar, issiq hislar va yangi yil orzularini ham uyg‘otadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.