
Mashhur para yengil atletikachi, Paralimpiya o‘yinlari sovrindori Asila Mirzayorova ona bo‘ldi. U 22 noyabr kuni qiz farzand dunyoga keltirganini o‘zining ijtimoiy tarmoqlari orqali ma’lum qildi.
Asila bu xursandchilikni quyidagi so‘zlar bilan ulashdi: “Oilamizga yangi chempionka keldi — 22.11.2025.” Uning ushbu samimiy e’loni sport jamoatchiligi va muxlislar tomonidan iliq kutib olindi.
Paralimpiya chempioni bo‘lgan sportchimizga jamiyat vakillari, sportchilar va oddiy fuqarolar tomonidan baxt, sog‘liq va uzoq umr tilaklari bildirilmoqda. Asila Mirzayorova nafaqat sportda, balki hayotda ham haqiqiy chempion ekanini yana bir bor isbotladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.