date

Shavkat Mirziyoyev yevrokomissarlar delegatsiyasi bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev yevrokomissarlar delegatsiyasi bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-noyabr kuni amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Yevropa Ittifoqining Xalqaro sherikliklar bo‘yicha komissari Yozef Sikela hamda Kengayish masalalari bo‘yicha komissari Marta Kos boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni joriy yil oktyabr oyida Bryusselga oliy darajadagi tashrif davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish orqali rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston – Yevropa munosabatlari jadal rivojlanib borayotgani, ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikning yangi keng qamrovli kun tartibi shakllangani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Bu yil Yevropa Ittifoqi bilan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim (KSHHB) imzolandi, Samarqand va Bryusselda sammitlar bo‘lib o‘tdi, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi yuzasidan Yevropa Ittifoqi bilan muzokaralar yakunlandi.

Yil boshidan buyon tovar ayirboshlash qariyb 7 foizga o‘sdi. KSHHBning amaliyotga joriy etilishi savdo hajmi va investitsiyalar oqimining sezilarli darajada oshishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Savdoni kengaytirish va diversifikatsiya qilish uchun hamkorlikning institutsional mexanizmlarini yanada takomillashtirish, sanoat kooperatsiyasi, transport, raqamlashtirish, muhim minerallar, energetika, sog‘liqni saqlash va boshqa ustuvor sohalarda hamda yangi qo‘shma investitsiya loyihalarini ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.

Xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev yevrokomissarlar delegatsiyasi bilan uchrashdi