date

Hande Erchel – “Juda yolg‘izman” (video)

Hande Erchel – “Juda yolg‘izman” (video)

1993 yil 24 noyabrda tug‘ilgan turkiyalik aktrisa va model Hande Erchel 32 yoshini qarshiladi. Ayni paytda Rossiyada mehmon bo‘lib turgan yulduz bugun “Ikki dunyo, bir tilak” filmi premyerasida ishtirok etadi.

Hande yangi yoshidan juda ko‘p yaxshiliklar kutayotganini, 32 yosh — tilagan orzu va maqsadlar ro‘yobga chiqadigan juda yaxshi yosh ekanini ta’kidladi.

Aktrisadan: “Hande Erchel yolg‘izmi?” deb so‘ralganida, u shunday javob berdi:

“Bu allaqachon anchadan beri shunday. Ha, juda yolg‘izman. Hozir hayotimda hech kim yo‘q.”

Ma’lumot o‘rnida, Hande Erchelning so‘nggi munosabati turk biznesmeni Hakan Sabanji bilan bo‘lgan. Ularning munosabatlari taxminan 2022 yilda boshlangan, biroq 2025 yilning avgust oyida ajralishgani haqida xabarlar tarqalgan. Shuningdek, aktrisa Instagram sahifasidan Hakan bilan tushgan barcha suratlarini o‘chirib tashlagan.

Handening muxlislari esa aktrisani tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, unga iliq va samimiy tilaklar yo‘llashdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Hande Erchel – “Juda yolg‘izman” (video)