date

“Yulduz Usmonova bilan duet aytmayman, chunki uni shaxs o‘laroq hurmat qilmayman”—Jahongir Otajonov

“Yulduz Usmonova bilan duet aytmayman, chunki uni shaxs o‘laroq hurmat qilmayman”—Jahongir Otajonov

Mashhur san’atkor Jahongir Otajonov yaqinda o‘tkazilgan intervyusida duet ijrosi haqida o‘z qarashlarini bildirib o‘tdi.

“Duet kim bilan aytaman, masalan, hozir jonli ijroda hech kim ashula aytmayapti”, – dedi Jahongir Otajonov. Jurnalist misol sifatida Yulduz Usmonovani tilga oldi.

“Endi Yulduz Usmonova – yaxshi san’atkor. Har doim uni san’atkor sifatida qadrlaganman”, – deya qo‘shimcha qildi Jahongir Otajonov.

Jurnalist Gulsanam Mamazoitovani ham eslatdi. Otajonov shunday javob berdi: 

“Gulsanam haqida boshqa safar gaplashamiz, lekin Yulduz Usmonova meni shaxs sifatida qoniqtirmaydi. Shu sababli men u bilan duyet aytmayman. Endi u ham men bilan ashula aytishga tayyor, deb ham aytolmayman.”
San’at uslubiga keladigan bo‘lsak, u: “Ha, san’ati yoqadi. Hozirgacha yaxshi kelayapti, shuning uchun yaxshi san’atkor deb hisoblayman. Biz san’atkormiz – odamlarga ma’naviy ozuqa berishimiz uchun har tomonlama hisobimizni olishimiz zarur. Yulduz Usmonova bilan ashula aytganimda, bu ashula zo‘r bo‘ladi, deb pul topish uchun emas, butun yozilgan ashula uzoq yillar davomida insonni o‘zi sezmagan holda muhlislarga ozuqa berishi kerak”, – dedi Jahongir Otajonov.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » “Yulduz Usmonova bilan duet aytmayman, chunki uni shaxs o‘laroq hurmat qilmayman”—Jahongir Otajonov