date

Jahongir Otajonov: “Soliq to‘layman, lekin keyin 'O‘zbekkonsert' bezovta qilmasin”

Jahongir Otajonov: “Soliq to‘layman, lekin keyin 'O‘zbekkonsert' bezovta qilmasin”

Xonanda Jahongir Otajonov san’atkorlarga soliq joriy etilishi, “O‘zbekkonsert” bilan munosabatlar va majburiy xizmatlar haqida fikr bildirdi.

— Soliq to‘lashga roziman, davlatimga pul berishdan qiynalmayman. Bu qachon va qanday tartibda bo‘ladi, vaqt ko‘rsatadi. Lekin imkoniyatim bo‘lsa, bajonidil to‘layman, chunki bu pul yurtimga ketadi.

Bir savol bor: soliq to‘lagandan so‘ng “O‘zbekkonsert”ning vazifasi nima bo‘ladi? Mustaqil ijodkor sifatida ular bilan aloqani uzish mumkinmi? Ilgari litsenziya bor edi, endi soliq to‘lovchi bo‘ldik, “O‘zbekkonsert”dan qutulsak bo‘ladimi? Musiqachi sifatida ba’zan bu tashkilot faoliyatimga xalal berishi mumkin. Shuning uchun haq-huquqlarim to‘liq himoya qilinsin.

Hozir majburiy ishga jalb qilishmaydi, lekin ilgari biron to‘yga bormasak, litsenziyadan mahrum qilishardi. Shu sababli hali ham “yana nima deyishar ekan?” degan xavotir bor.

Hayotimdan mamnunman va agar topganimdan bir qismini soliqka berish kerak bo‘lsa, roziman. Faqat bitta shart bilan: hech kim meni bezovta qilmasin. Soliq to‘lovchi sifatida mustaqil bo‘lay. Mayli, boraman, lekin mehnatimga yarasha haq to‘lansin.

Masalan, 200 millionga to‘yga borilsa, xarajatlar va xizmat haqi chiqib, qolgan sof foydadan soliq to‘lash mantiqli bo‘ladi. Ham tekinga borib, ham soliq to‘lash noto‘g‘ri.

Dunyo yulduzlari ham soliq to‘lamay jinoiy javobgarlikka tortiladi, lekin ularni hech kim bezovta qilmaydi. Meni ham “O‘zbekkonsert” tinch qo‘ysin, majburlamasin. Pulini bersin, xizmatini qilaman.

Navro‘z tadbirlariga ham shu nuqtayi nazar bilan qarayman: xalqqa xizmat qilaman, lekin bepul ishlash kerak emas. Hammamiz shu orqali uyimizga non olib boramiz. Agar hammasi bepul bo‘lsa, unda hammamiz bir-birimizga bepul xizmat qilaylik, deydi xonanda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Jahongir Otajonov: “Soliq to‘layman, lekin keyin 'O‘zbekkonsert' bezovta qilmasin”