16:43 / 07.09.2018
5 487

Kanizaning klipi tasdiqlandi, Manzura va Bahriddin Zuhriddinovniki oʻtmadi

Kanizaning klipi tasdiqlandi, Manzura va Bahriddin Zuhriddinovniki oʻtmadi
Joriy yilning 5 avgust kuni “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi qoshidagi qoʻshiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash Badiiy Kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Kengashda 18 nafar xonanda tomonidan taqdim etilgan videokliplar koʻrib chiqildi.

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Milena Xalilova ijro etgan “Oqqushlar”, “Nihol” mukofoti sovrindori Kaniza ijro etgan “Oʻzbekiston”, xonanda Otabek Muhammadzohid ijro etgan “Sensiz”, xonanda Munisa Rizayeva ijro etgan “Aybim sevganim”, xonanda Alijon Isoqov ijro etgan “Toshkent koʻchasi”, xonanda Shahribonu Axtamova ijro etgan “Baxtim”, xonanda Javlon Olimov ijro etgan “Aldadimi”, Poytaxt guruhining “Nola”, xonanda Sanjar Usmonov ijro etgan “Mohinurim”, xonanda Zafar Qurbonboyev ijro etgan “Sanamjon”, “Gal-gal” hamda xonanda Behruz Tohirov ijro etgan “Ey yor” qoʻshiqlariga tasvirga olingan videokliplarga Kengash aʼzolari tomonidan bildirilgan baʼzi juzʼiy kamchiliklarni bartaraf etish xonandalarning oʻzlariga va klipmeykerlariga tushuntirilib, baʼzi kadrlardan voz kechish, toʻgʻrilash sharti bilan istisno tariqasida ruxsat berildi.

“Nihol” mukofoti sovrindori Manzura Yuldasheva ijro etgan “Adashdim” qoʻshigʻining klipdagi ayrim tasvirlarni toʻgʻrilash kerakligi tushuntirilib, ushbu klipni efirga uzatish rad etildi. Kamchiliklarni bartaraf etgandan soʻng qayta topshirish mumkinligi tavsiya etildi.

Xonanda Bahriddin Zuhriddinov ijro etgan “Dilozorim” qoʻshigʻiga ishlangan videoklip mazmuni bilan qoʻshiq mazmunida uygʻunlik yoʻqligi, klipdagi oxirgi qismidagi dialoglar qoʻshiqqa mos emasligi taʼkidlanib, rad etildi. Koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etilganidan soʻng, Kengashga qayta taqdim etilishi taʼkidlandi.

Xonanda Samadjon Ruzmetov ijro etgan “Kel ey” qoʻshigʻiga ishlangan videoklip mazmuni bilan qoʻshiq mazmunida uygʻunlik yoʻqligi, klipdagi dialoglar tushunarsizligi hamda qoʻshiq matni sayozligi bois rad etildi.

Xonanda Alisher Zokirov ijro etgan “Yurak sen bilan” qoʻshigʻiga ishlangan videoklipdagi oʻrinsiz kadrlardan voz kechish kerakligi xonandaga tushuntirildi. Koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib Kengashga qayta taqdim etilishi taʼkidlandi.

Xonanda Nargiza Kenjayeva ijro etgan “Bale-bale” qoʻshigʻiga ishlangan videoklipda gʻarbga taqlid kuchli ekanligi, milliylikdan uzoq, qadriyatlarimizga mutlaqo zid tasvirlar mavjudligi eʼtirof etilib, ushbu videoklip ham rad etildi.

Otabek Mutalxoʻjayev ijro etgan “Ayt tun” qoʻshigʻi matnini professional shoirga koʻrsatib qayta ijro etishini hamda klipdagi tasvirlaridagi kamchiliklar xonanda va klipmeykerga tushuntirildi. Koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib, Kengashga qayta taqdim etilishi taʼkidlandi.

Kengash aʼzolari xonandaning kelgusidagi ijodiy ishlariga yaqindan yordam berishlari, sheʼr tanlashda va klip suratga olishida oʻz koʻmaklarini ayamasliklarini bildirdilar.

Badiiy Kengashning har yigʻilishida xonandalarga ijodiy ishni yaratish davomida professionalizmga eʼtibor qaratishlari, sheʼriyat talablariga javob beradigan badiiy jihatdan teran, mazmunan puxta sheʼrlar tanlash kerakligi tushuntirilmoqda, tavsiyalar berilmoqda va bu borada xonandalarga koʻmaklashilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Kanizaning klipi tasdiqlandi, Manzura va Bahriddin Zuhriddinovniki oʻtmadi