12:55 / 07.04.2020
1 915

Adelning xit qo‘shig‘iga «karantinli» kaver ishlandi (video)

Adelning xit qo‘shig‘iga «karantinli» kaver ishlandi (video)
Kadr: YouTube
Musiqachi Kris Mann Adelning Hello qo‘shig‘iga izolyatsiyadagi hayot haqida kaver ishladi. Rolik qo‘shiqchining YouTube’dagi rasmiy kanalida paydo bo‘lgan.

Rolikda qo‘shiqchi oyna qarshisida ko‘chaga termulib, dunyoga mashhur xit qo‘shiqni turli qiliqlar orqali ijro etgan. Qo‘shiqchi oynani boshi bilan urib, uydan tashqarida tushlikka burger yegisi kelayotganini so‘zlaydi.

Shu orqali qo‘shiqchi «koronavirusli hayotdan salom» yo‘llaydi. Qo‘shiq davomida u divanda qanday qilib o‘tirishini ko‘rsatish uchun FaceTime’da ming marotaba qo‘ng‘iroq qilganini aytadi.
Parodiyali kaver hozircha 8,8 million martadan ortiq tomosha qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Adelning xit qo‘shig‘iga «karantinli» kaver ishlandi (video)