7 314
Aktrisa Feruza Normatova Turkiyada “koronavirusdan ham yomonroq” dardga chalindi (video)
"Mendirman Jaloliddin" serialida ishtirok etgan aktrisa Feruza Normatova jurnalist Jasur Hamroyev bilan bo‘lgan suhbatda Turkiyada «koronavirusdan ham yomonroq» kasallikni boshdan kechirgani haqida so‘zladi.
“Buni aytish to‘g‘rimi, noto‘g‘rimi, bilmadim. Turkiyada, albatta, juda og‘ir paytlar bo‘ldi. Ota-onam, yaqinlarimdan bu qadar uzoq muddatga hech qachon uzoqlashmaganman. Shu paytda Xudoyimning sinovi keldi boshimga. Uydagilar siqilmasin, deb ularga ayta olmaysiz. Instagram, boshqa joylarga qo‘ya olmaysiz, o‘zi vahima payti, pandemiya davri.
Koronavirus bo‘lib qolganim yo‘q, undan battar bir dard keldiki, shuni o‘tkazib yuborish muddati eng qiyin davrim desam, adashmagan bo‘laman. Turkiyada juda yaxshi shifokorlar bor, shunchalik yaxshi davolashganki, Toshkentga kelganimdan keyin tibbiy ko‘rikdan o‘tdim, kasallikdan asar ham qolmabdi. Shu darajada yaxshi davolashgan. Lekin kasallikni o‘tkazib yuborish, ota-onangiz va yaqinlaringizdan yiroqda dardga sabr qilish, hech kimga aytmasdan shifoxonada yolg‘iz kezish, bu juda og‘ir bo‘ldi. Hech qachon shu yoshimga qadar shifoxonada yotmagandim, lekin o‘sha yerda shunaqa bo‘lib qoldi.
«Mendirman Jaloliddin» serial loyihasining boshida turgan, O‘zbekistondan borgan vakillar meni o‘zlari davolatishdi, hamma joyga o‘zlari yugurishdi. Daromad tomondan ham, boshqa tomondan ham ular yordam berishdi. Shukrki, tezda tuzalib, shifoxonadan chiqdim. Keyinchalik ota-onam Turkiyaga aylanishga keldi, o‘sha payt nimadir bo‘ldiyu, sirim ochilib qoldi. Ular hayron bo‘lib, meni quchoqlab: «Shunaqa narsani boshingdan o‘tkazib, bizga nega aytmading?», deyishdi. Shukr, o‘zimizning aktyorlar, yaqinlarimiz, O‘zbekistondan borgan vakillar, yordamida tuzaldim”, degan aktrisa.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi