ut.uz resursida keltirilishicha, O‘zbekistonda yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashning yangi bir bosqichli tizimiga o‘tilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi magistratura to‘g‘risidagi yangi Nizomni tasdiqladi.
Nizom oliy o‘quv yurtlarida magistrlar tayyorlashning asosiy shartlari va tartibini, magistrlik dissertasiyalarining mundarijasi va sifatiga bo‘lgan, xalqaro standartlarga asoslangan kriteriylar va talablarni ko‘rsatib beradi.
Magistraturada pedagogik faoliyat olib borishga ilmiy unvonlar (ilmiy darajalar)ga va 3 yildan kam bo‘lmagan uzluksiz ilmiy-pedagogik (ilmiy) faoliyat stajiga, shuningdek, falsafa doktori hamda chet davlatlarining unga tenglashtirilgan ilmiy darajalariga ega bo‘lgan mutaxassislar jalb qilinadi.
Nizomda ko‘rsatilishicha, magistrlik dissertasiyalarining yozilishicha ustidan rahbarlik oliy o‘quv yurtlarida faoliyat yurituvchi professorlar, fan doktorlari, dosentlar, fan nomzodlari, Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari olimlari, ilmiy unvon va ilmiy darajalarga ega chet ellik mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.
Ilmiy rahbar magistrlik tadqiqoti olib borilayotgan tashkilotda faoliyat yuritmasa, u holda qo‘shimcha ravishda ilmiy maslahatchi tayinlanadi. Bu ishga tegishli kafedra professor va o‘qituvchilar tarkibidagi pedagoglar jalb qilinishi mumkin. Uning zimmasiga magistrlik dissertasiyasining sifati uchun ilmiy rahbar bilan bir xilda mas’uliyat yuklanadi. Professor va fan doktori bir paytning o‘zida besh nafar, dosent, fan nomzodi va mutaxassi esa uch nafar talabaning ilmiy ishiga rahbarlik qilishi mumkin.
Magistrlik dissertasiyasining rasmiy himoya sanasi oliy o‘quv yurti rahbari buyrug‘i bilan tasdiqlangan grafik asosida belgilanadi. Dissertasiyaning rasmiy himoyasi oliy o‘quv yurtidagi Davlat yakuniy attestasiya komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Himoya 20 daqiqadan ortiq cho‘zilmasligi, unga taqdimot materiallari ilova qilinishi talab etiladi.
Dissertasiya “qoniqarsiz” bahosini olsa yoki rasmiy himoyaga kiritilmasa, talaba keyingi 3 yil mobaynida uni qaytadan himoya qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Manba: www.kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Zelenskiy: «Putin juda sezgir...»
Baydenning ruxsati urushning borishiga qanday ta’sir qiladi?