date

O'zbekiston $1,3 mln ga telefon eksport qildi

O'zbekiston $1,3 mln ga telefon eksport qildi
2025 yilning dastlabki to'qqiz oyida O'zbekiston Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy, Afg'oniston, AQSh va Shveytsariyaga 4 mingdan ortiq mobil telefon eksport qilgan. Milliy statistika qo'mitasi bergan ma'lumotlarga ko'ra, ushbu eksportning umumiy qiymati 1,3 million AQSh dollarini tashkil qilgan.

Shu bilan birga, ayni davrda O'zbekistonga 3,2 million dona mobil telefon import qilinib, ularning umumiy qiymati 370,8 million AQSh dollarini tashkil etdi. Bu o'tgan yilga nisbatan import hajmining 7,4 foizga oshganini ko'rsatadi.

2025 yil yanvar-avgust oylarida O'zbekistonning umumiy eksport hajmi 26,8 milliard AQSh dollarini tashkil etib, o'tgan yilga nisbatan 33,3 foizga o'sdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O'zbekiston $1,3 mln ga telefon eksport qildi