date

Kelajak merosi mukofoti ta'sis etildi

Kelajak merosi mukofoti ta'sis etildi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan xalqaro «Kelajak merosi» mukofotini ta'sis etish to‘g‘risidagi qaror imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Mazkur mukofot uchun tanlovlar joriy yildan boshlab har yili o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ishtirokchilar yetti yo‘nalish bo‘yicha mukofot uchun kurash olib borishlari mumkin.

Ushbu yo‘nalishlar orasida adabiyot, madaniy meros, teatr va kinematografiya kabi sohalar mavjud. Har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar 10 ming AQSh dollari miqdorida mukofot, shuningdek, diplom va statuetka bilan taqdirlanadi.

Shu bilan birga, bu yil Buxoroda biannual tadbiri o‘tkazilmoqda. Ushbu madaniy tadbir doirasida 70 ta loyiha namoyish etilmoqda.

Unda mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirok etmoqda. Ko‘rgazmalar Xo‘ja Gavkushon ansambli va Buxoroning boshqa tarixiy diqqatga sazovor joylarida joylashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Kelajak merosi mukofoti ta'sis etildi