
Toshkent shahrining Sergeli tumani hududida ertaga, 25 dekabr sanasidan boshlab, tun-u kun faoliyat ko‘rsatadigan (24/7) gastronomik turizm ko‘chasida “Yangi yil” bayramiga bag‘ishlangan ommaviy tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan ayrim ko‘chalarda avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda tuman hokimiyati matbuot xizmati ma’lum qildi.
Rasmiy axborotga ko‘ra, Sug‘diyona ko‘chasining Yangi Sergeli ko‘chasi bilan kesishmasidan Jaloyir va Bag‘rikeng ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi, shuningdek, Jaloyir ko‘chasining Sug‘diyona ko‘chasidan Obihayot ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘l qismi 2026-yil 10 yanvar kuniga qadar yopiq bo‘ladi.
Mahalliy hokimiyat va mas’ul xizmatlar bayram tadbirlarini xavfsiz, tartibli va yuqori saviyada o‘tkazish, shuningdek, aholi hamda mehmonlar uchun qulay muhit yaratish maqsadida ushbu cheklovlar joriy etilayotganini ta’kidlamoqda.
Yo‘l harakatida bo‘ladigan o‘zgarishlarni inobatga olgan holda, haydovchilardan muqobil yo‘nalishlardan foydalanish so‘ralmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.