date

Tuman sabab xalqaro reyslar Samarqandga qo‘ndi

Tuman sabab xalqaro reyslar Samarqandga qo‘ndi

O‘zbekistonning ayrim hududlarida kuzatilgan noqulay ob-havo sharoiti sabab bir nechta xalqaro aviareyslar Samarqand xalqaro aeroportiga muqobil aerodrom sifatida yo‘naltirildi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayrim aeroportlarda tuman va ko‘rinish darajasining keskin pasayishi parvoz xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatgan. Shu sababli ekipajlar xavfsizlikni ustuvor deb bilib, reyslarni Samarqandga yo‘naltirishga qaror qilgan.

Xususan, Moskva–Buxoro yo‘nalishidagi reys Buxoro aeroportida ko‘rinish 650 metrga tushgani sababli Samarqandda qo‘ndi. Samolyot mahalliy vaqt bilan 03:27 da yerga qo‘ngan.

Sankt-Peterburg–Urganch reysi esa Urganch aeroportida ko‘rinish 200 metrgacha pasaygani uchun Samarqandga yo‘naltirildi va 06:17 da qo‘nish amalga oshirildi. Shuningdek, Moskva–Termiz reysi ham Termizdagi tuman va cheklovlar sababli Samarqandga qo‘nib, 06:03 da yetib kelgan.

Bundan tashqari, Moskva–Buxoro (SU1876) reysi Buxoroda ko‘rinish 300 metrga tushgani bois Samarqandga yo‘naltirildi. Ushbu samolyot 06:36 da qo‘ngan.

Yana bir holatda, Istanbul–Namangan reysida yo‘lovchilardan birining sog‘ligi yomonlashgani sababli samolyot favqulodda tartibda Samarqand xalqaro aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘lgan. Qo‘nish 05:53 da amalga oshirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Tuman sabab xalqaro reyslar Samarqandga qo‘ndi