
Isroil nazorati ostidagi G‘arbiy Sohilda yahudiy ko‘chmanchilari tomonidan yangi aholi punktlari tashkil etilishi tezlashdi. Xalqaro axborot manbalariga ko‘ra, bu hududlarda qurilayotgan kichik posyolkalar vaqt o‘tishi bilan yirik yashash joylariga aylanmoqda. Mutaxassislar bu jarayon Falastin davlati tuzilishiga to‘sqinlik qilayotganini ta’kidlamoqda.
Mahalliy falastinlik oilalar ko‘chmanchilar hujumlari sabab o‘z uy-joylarini tark etishga majbur bo‘lmoqda. Ayrim hududlarda uylar yoqib yuborilgan, chorva haydab ketilgan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2025-yilda yuzlab falastinliklar ana shunday hujumlar oqibatida jarohat olganini ma’lum qilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda G‘arbiy Sohilda 80 ta yangi noqonuniy aholi punkti paydo bo‘lgan. Isroil hukumati ayrim posyolkalarni keyinchalik rasmiy maqomga ega qilmoqda. Hukumat vakillari bu siyosatni xavfsizlik bilan bog‘lasa, xalqaro tashkilotlar bunga tanqidiy yondashmoqda.
Xalqaro hamjamiyat G‘arbiy Sohildagi aholi punktlari xalqaro qonunlarga zid ekanini bildiradi. Huquq himoyachilarining aytishicha, ko‘chmanchilar tomonidan sodir etilgan ko‘plab hujumlar bo‘yicha jiddiy choralar ko‘rilmayapti.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.