
Andijonda "Yangi Andijon – Xonobod" yo'nalishi bo'yicha pullik yo'l qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov ma'lum qildi.
Loyihani amalga oshirish davlat rahbari topshirig'i asosida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish doirasida ko'zda tutilgan. Hududiy hokimlik vakillari loyihaning kelajagini xitoylik investorlar bilan muhokama qilib, uni amalga oshirish borasida kelishuvga erishdilar.
Joriy yilning oktyabr oyi boshida O'zbekiston Avtomobil yo'llari qo'mitasi avtomobillarning harakat tezligini 150 km/soatgacha oshirishni rejalashtirayotganini e'lon qilgan edi. Bu chora yo'llar haqidagi yangi qonun loyihasida ko'rib chiqilmoqda.
Shuningdek, yangilangan hujjatda pullik yo'llardan foydalanish uchun belgilangan tariflarning yuqori chegarasi ham ko'rsatib o'tiladi.
Andijonda pullik yo'l qurilishi rejalashtirilmoqda
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar