date

Yangi yil oldidan oziq-ovqat narxlarining ko‘tarilishi qat’iy nazoratga olinadi

Yangi yil oldidan oziq-ovqat narxlarining ko‘tarilishi qat’iy nazoratga olinadi

Yangi yil bayrami arafasida aholi orasida talab keskin oshishi mumkin bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligini ta’minlash masalasi kun tartibiga chiqdi. Shu munosabat bilan Raqobat qo‘mitasi yirik savdo tarmoqlarini asossiz narx oshirish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik haqida rasman ogohlantirdi.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, bayram arafasida ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlarga bo‘lgan talab ortishi ehtimolini inobatga olgan holda chakana savdo tarmoqlariga maxsus ko‘rsatmalar yuborilgan. Xususan, “Korzinka”, “Makro”, “Havas”, “Baraka”, Magnum, Assorti, “B1” va “Magnit” kabi yirik supermarketlardan yetkazib beruvchilar tomonidan narxlarni o‘zgartirish, logistika xarajatlari yoki boshqa omillar sabab qimmatlashuv yuz bersa, bu haqda qo‘mitani zudlik bilan xabardor qilib borish talab etilgan. Shuningdek, yetkazib beruvchilar asossiz qimmatlashuvlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan doimiy ogohlantirilishi shartligi ta’kidlangan.

Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari aholi kundalik iste’molining asosiy qismini tashkil qiladi. Ushbu mahsulotlar bo‘yicha bozorda talab va taklif mavsumiy yoki boshqa sabablar bilan keskin o‘zgarishi mumkin. Bunday tovarlar qatoriga, avvalo, mol, qo‘y va parranda go‘shti, o‘simlik va hayvon yog‘i, shakar, g‘alla va un, shuningdek kartoshka, sabzi, boshpiyoz kabi mahsulotlar kiradi. Ulardan tashqari, ro‘yxati Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan boshqa oziq-ovqat turlari ham ijtimoiy ahamiyatli hisoblanadi.

Qayd etish joiz, avvalroq Raqobat qo‘mitasi tadbirkorlarni Yangi yil oldidan o‘tkaziladigan chegirma va aksiyalarda belgilangan qoidalarga qat’iy amal qilish zarurligi haqida ham ogohlantirgan edi. Bu choralar aholi manfaatlarini himoya qilish va bayram kunlari sun’iy qimmatlashuvning oldini olishga qaratilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Yangi yil oldidan oziq-ovqat narxlarining ko‘tarilishi qat’iy nazoratga olinadi