
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Kibermudofaa markazi firibgarlik holatlariga qarshi kurash uchun maxsus Telegram-bot ishga tushirgani haqida xabar berdi. Botni @cybershielduz_bot nomi orqali topish mumkin.
U zararli APK-fayllarni (Android tizimi uchun) aniqlash va o‘chirish imkoniyatiga ega. Shuningdek, bot xavf tug‘diruvchi tashqi havolalarni topib, bloklaydi va yangi turdagi jinoyatlar haqida ogohlantiradi.
Markazning ma’lum qilishicha, bot to‘liq ishlashi uchun foydalanuvchilar uni administrator huquqlari bilan ta’minlashi zarur.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar