Liverpul Isak o‘rniga Semenyoni sotib olmoqchi

Liverpul Isak o‘rniga Semenyoni sotib olmoqchi
Qisqacha

«Liverpul» jarohat olgan Aleksandr Isak o‘rniga «Bornmut» hujumchisi Antuan Semenyoni transfer qilishni rejalashtirmoqda. Ehtimoliy kelishuv qiymati 75 million yevroga baholanmoqda va bitim qishki transfer oynasida rasmiylashtirilishi mumkin. Antuan joriy mavsumda 17 uchrashuvda sakkizta gol va uchta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Hujumchining «Bornmut» bilan shartnomasi 2030 yil yozida yakunlanadi.

«Liverpul» hujumchisi Aleksandr Isak jarohat sabab uzoq muddatga safdan chiqdi. Shu bois mersisaydliklar rahbariyati shved futbolchisiga o‘rinbosar imzolashni istamoqda.

The Telegraph jurnalistlari xabariga ko‘ra, «qizillar» «Bornmut» hujumchisi Antuan Semenyoni o‘z safiga qo‘shib olish niyatida. Ehtimoliy kelishuv qiymati 75 million yevroga baholanmoqda.

Bitim qishki transfer oynasida rasmiylashtirilishi mumkin. Joriy mavsumda Antuan 17 uchrashuvda maydonga tushib, sakkizta gol va uchta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Hujumchining amaldagi klubi bilan shartnomasi 2030 yil yozida yakunlanadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar