Syorlot yangi klubidan yiliga 12 mln yevro so‘radi

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Aleksandr Syorlot joriy qishda jamoani tark etishi mumkin. Avvalroq Syorlotning bosh murabbiy Diyego Simeone bilan munosabatlari murakkab ekani haqida xabarlar chiqqan edi.
Shuningdek, futbolchiga «Fenerbahche» qiziqish bildirayotgani ham aytilgandi. Jurnalist Yagiz Sabunjuog‘lu ma’lumotiga ko‘ra, Syorlot turk klubiga o‘tishga ochiq.
Biroq norvegiyalik hujumchi yangi jamoada juda yaxshi maosh olishni istayotgani sababli «Fenerbahche»dan yiliga 12 million yevro miqdorida maosh so‘ragan. Joriy mavsumda 30 yoshli Syorlot barcha musobaqalarda 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Shuningdek, futbolchiga «Fenerbahche» qiziqish bildirayotgani ham aytilgandi. Jurnalist Yagiz Sabunjuog‘lu ma’lumotiga ko‘ra, Syorlot turk klubiga o‘tishga ochiq.
Biroq norvegiyalik hujumchi yangi jamoada juda yaxshi maosh olishni istayotgani sababli «Fenerbahche»dan yiliga 12 million yevro miqdorida maosh so‘ragan. Joriy mavsumda 30 yoshli Syorlot barcha musobaqalarda 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling






























Izohlar 0
…