
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi foto va video qayd tizimining «zaifligi» haqidagi ma’lumotlarga izoh berdi. Avvalroq, ushbu tizim orqali mamlakat bo‘ylab avtomobillar harakatini kuzatish mumkinligi haqida xabarlar tarqatilgan edi.
Ushbu tizimni Xitoyning Maxvision kompaniyasi yetkazib bergani qayd etilgandi. Ichki ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, qayd qurilmalari tadbirkorlar tomonidan o‘rnatiladi, qoidabuzarliklar haqidagi ma’lumotlar esa yagona «Ma’muriy amaliyot» tizimiga uzatiladi.
Tizimlar kiberxavfsizlik bo‘yicha qat’iy tekshiruvlardan o‘tkaziladi, shuningdek, fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari foto va videomateriallarda ko‘rsatilmaydi. Fuqarolar o‘z jarimalarini faqat maxsus havolalar yoki ilovalar orqali ko‘rishlari mumkin, bunda faqat o‘zlariga tegishli qoidabuzarliklar aks etadi.
Vazirlikning ta’kidlashicha, tizim to‘liq himoyalangan va xavfsizlik talablariga to‘liq javob beradi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.