date

Pensiyalar qachon to‘lanadi? Yanvar oyi uchun to‘lovlar sanasi ochiqlandi

Pensiyalar qachon to‘lanadi? Yanvar oyi uchun to‘lovlar sanasi ochiqlandi

Pensiya jamg‘armasi ma’lum qilishicha, yanvar oyi uchun pensiya to‘lovlari 5-yanvardan boshlab amalga oshiriladi. Bu qaror 31 dekabrdan 4 yanvargacha bo‘lgan kunlar dam olish kunlari etib belgilangani bilan bog‘liq.

Jamg‘armaning bildirishicha, "2026 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti to‘g‘risida" gi Qonunga muvofiq Pensiya jamg‘armasining xarajatlari tasdiqlangan. Shu asosda plastik karta orqali pensiya oluvchi fuqarolarning yanvar oyi uchun to‘lovlari 5 yanvar kuni bank kartalariga yuklanadi.

Shu bilan birga, pensiyani naqd pul shaklida oladigan fuqarolar ham e’tibordan chetda qolmaydi. Ularga to‘lovlar Xalq bankining sayyor kassalari tomonidan belgilangan grafik asosida amalga oshiriladi. Pensiya mablag‘lari mahalla fuqarolar yig‘inlari orqali yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri pensionerlarning yashash manziliga 27 yanvargacha yetkazib beriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Pensiyalar qachon to‘lanadi? Yanvar oyi uchun to‘lovlar sanasi ochiqlandi