date

Toshkent shahrida bir kilogramm palov tayyorlash qanchaga tushmoqda?

Toshkent shahrida bir kilogramm palov tayyorlash qanchaga tushmoqda?

Milliy statistika qo‘mitasi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yil dekabr oyida bir kilogramm palov tayyorlash xarajatlari hududlar kesimida hisoblab chiqildi. Hisob-kitob natijalari mamlakat hududlarida mahsulotlar narxi turlicha ekanini ko‘rsatmoqda.

Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 kg palov tayyorlash qiymati 97 727 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, Andijon viloyatida bu ko‘rsatkich 105 336 so‘m, Buxoro viloyatida esa 107 175 so‘mga teng bo‘lgan.

Jizzax viloyatida palov tannarxi 109 017 so‘m, Qashqadaryo viloyatida 111 093 so‘m, Navoiy viloyatida 109 169 so‘m, Namangan viloyatida 108 030 so‘m etib qayd etilgan. Samarqand viloyatida ushbu raqam 112 222 so‘m, Surxondaryo viloyatida 111 002 so‘m, Sirdaryo viloyatida esa 103 696 so‘mni tashkil qilgan.

Shuningdek, Toshkent viloyatida bir kilogramm palov tayyorlash uchun 111 857 so‘m, Farg‘ona viloyatida 114 890 so‘m, Xorazm viloyatida 106 527 so‘m sarflanishi hisoblab chiqilgan. Eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahriga to‘g‘ri kelib, u yerda 1 kg palov tannarxi 115 491 so‘mga yetgan.

Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra, bir kilogramm palov tayyorlash uchun quyidagi mahsulotlar talab etiladi:

— kungaboqar yog‘i — 0,3 litr;

— piyoz — 300 gramm;

— mol go‘shti — 700 gramm;

— sabzi — 1 kilogramm;

— guruch — 1 kilogramm;

— no‘xat — 100 gramm;

— zira — 10 gramm;

— osh tuzi — 20 gramm.

Qayd etilishicha, keltirilgan raqamlar hududlarda tayyor holda sotilayotgan palov narxini anglatmaydi. Ushbu summa faqat mahsulotlar qiymati asosida hisoblangan bo‘lib, palov tayyorlash va boshqa xizmatlar uchun haqlar bu yerga qo‘shilmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent shahrida bir kilogramm palov tayyorlash qanchaga tushmoqda?