date

Yangi yilning ilk kunlarida ob-havo qanday bo‘lishi ma’lum qilindi

Yangi yilning ilk kunlarida ob-havo qanday bo‘lishi ma’lum qilindi

O‘zgidromet 1–8 yanvar kunlari kuzatilishi kutilgan ob-havo haqida prognoz e’lon qildi. Hisobotga ko‘ra, deyarli barcha hududlarda havo o‘zgaruvchan bo‘lib, qisman yog‘ingarchilik va tuman kuzatiladi.
Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida asosan quroq, lekin 3–4 yanvar kunlari ayrim joylarda yomg‘ir va qor kuzatilishi mumkin. Shamol 7–12 m/s, ba’zi kunlari 18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Qashqadaryo va Surxondaryoda 1 va 3 yanvar kunlari qisman yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Andijon, Namangan va Farg‘onada 2 va 5–8 yanvar oralig‘ida ob-havo sokin, qolgan kunlari yomg‘ir bo‘lishi mumkin. Tog‘li hududlarda esa vaqt-vaqti bilan yomg‘ir va qor kuzatilishi, shuningdek tuman va shamollar bo‘lishi kutilmoqda.
Haroratlar 2 daraja sovuqdan 15 daraja iliqqacha o‘zgarib turishi ma’lum qilindi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Yangi yilning ilk kunlarida ob-havo qanday bo‘lishi ma’lum qilindi