Mexikodagi zilzila: 12 nafar fuqaro tan jarohati oldi

Meksika poytaxti Mexiko shahrida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida 12 nafar inson turli darajadagi jarohatlar oldi. Bu haqda shahar meri Klara Brugada rasmiy ma’lumot berdi.
Uning ta’kidlashicha, zilziladan keyin favqulodda holatlarga javob berish protokoli ishga tushirilgan va natijada 12 ta jarohat holati qayd etilgan. Shuningdek, shaharning turli hududlarida beshta elektr ustuni va to‘rtta daraxt qulab tushgan, elektr ta’minotidagi uzilishlar bo‘yicha esa 18 ta murojaat kelib tushgan.
Shahar rahbarining so‘zlariga ko‘ra, tegishli xizmatlar hozirda zilzila oqibatlarini baholash ishlarini davom ettirmoqda. Xususan, turar-joy va ma’muriy binolar, shuningdek, muhim infratuzilma obyektlari holati sinchkovlik bilan tekshirilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing