date

Yanvarda havo qanday bo‘ladi: iliq boshlanib, keyin keskin soviydi

Yanvarda havo qanday bo‘ladi: iliq boshlanib, keyin keskin soviydi

“O‘zgidromet” yanvar oyining dastlabki kunlari bo‘yicha prognozlarni ma’lum qildi. Yanvar oyida qanday ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, degan savolga mutaxassislar shunday javob berayapti: yanvar O‘zbekistonda qishning eng sovuq oyi hisoblanadi, biroq butun oy davomida keskin sovuq bo‘lishi kam uchraydi.

Ta’kidlanishicha, so‘nggi yillarda global iqlim o‘zgarishlari fonida yanvar oylarining ko‘pi me’yordan iliq o‘tayotgani kuzatilmoqda. Xususan, 2016, 2019, 2022 va 2024 yillarda havo harorati odatdagidan sezilarli darajada yuqori bo‘lgan.

“O‘zgidromet” prognoziga ko‘ra, 2026 yil yanvar oyining dastlabki kunlarida respublika hududida quruq va nisbatan iliq ob-havo saqlanib turadi. 3 yanvar atrofida nam havo massalari kirib kelishi sabab yomg‘ir yog‘ishi, ayrim hududlarda esa qor bilan almashishi mumkin. Tekislik hududlarda qor qoplami qisqa muddatli bo‘lishi yoki umuman shakllanmasligi ehtimoli yuqori.

Oy o‘rtalaridan boshlab havo harorati asta-sekin pasaya boshlaydi. Uchinchi o‘n kunlikda sovuq to‘lqinlar kirib kelishi natijasida ayrim hududlarda kechasi 15–25 daraja sovuq qayd etilishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Yanvarda havo qanday bo‘ladi: iliq boshlanib, keyin keskin soviydi