
Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchisi Otabek Komilov Doniyor o‘g‘li dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan Mohammed Bin Zayed University of Artificial Intelligence (MBZUAI) universitetiga to‘liq grant asosida qabul qilindi.
MBZUAI — dunyodagi birinchi sun’iy intellektga ixtisoslashgan universitet bo‘lib, QS xalqaro reytingi bo‘yicha AI yo‘nalishida dunyoning TOP-10 universitetlari safida joy olgan. Universitet yiliga 45 000 AQSh dollari, 4 yil uchun esa jami 180 000 AQSh dollari miqdoridagi to‘liq grant ajratadi.
Otabek Komilov bugungacha bir qator yutuqlarga erishgan. U o‘zining IELTS imtihonidan 7 ball olgan, shuningdek, AMC (Amerika matematika olimpiadasi) va SEAMO (Janubi-Sharqiy Osiyo matematika olimpiadasi) kabi milliy bosqichlarda oltin medalga sazovor bo‘lgan. Bundan tashqari, Otabek V2E nomli sun’iy intellekt loyihasining asoschisi sifatida ham tanilgan.
Bu yutuq nafaqat Otabekning, balki butun Farg‘ona viloyati va O‘zbekiston uchun katta g‘urur manbai hisoblanadi. Otabekning o‘rnak bo‘lib, boshqa yoshlar uchun ilhom manbai bo‘lishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.