date

Bugun Oʻzbekistonning qaysi hududlarida yomgʻir yogʻadi

Bugun Oʻzbekistonning qaysi hududlarida yomgʻir yogʻadi

Bugun kunduzi Oʻzbekiston hududining katta qismida yogʻingarchilik kutilmaydi. Biroq Qoraqalpogʻiston, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarining ayrim joylarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Kechga borib yogʻingarchilik ehtimoli Qashqadaryo hamda Samarqand viloyatlarining ayrim hududlarida ham kuzatiladi. Baʼzi joylarda tuman tushishi kutilmoqda.

Shamol tezligi 7–12 m/soniya bo‘ladi, ayrim hududlarda u 15–20 m/soniyagacha kuchayishi mumkin. Kunduzgi havo harorati +10…+15° atrofida saqlanadi.

Toshkent shahrida yogʻingarchilik prognoz qilinmagan. Shamol 3–8 m/soniya, havo harorati +13…+15° bo‘ladi.

Togʻli hududlarda ham asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo kutiladi, ayrim joylarda tuman bo‘lishi mumkin. Shamol 9–14 m/soniya, harorat +7…+12°.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Bugun Oʻzbekistonning qaysi hududlarida yomgʻir yogʻadi