date

Fevralda 1-sinflar uchun yana ta’til beriladimi?

Fevralda 1-sinflar uchun yana ta’til beriladimi?

O‘zbekistonda 1-sinf o‘quvchilari uchun fevral oyida qo‘shimcha bir haftalik ta’til berilishi belgilangan. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomda qayd etilgan.

Nizomga ko‘ra, 1-sinf o‘quvchilari uchun fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til belgilanadi. Ta’til muddati esa har bir maktabning o‘z pedagogik kengashi qarori asosida belgilanadi. Ya’ni, ta’tilning aniq qaysi haftaga to‘g‘ri kelishi maktabning ichki tartibi va qaroridan kelib chiqib belgilanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, maktablarda qishki ta’til o‘tgan yilning 28 dekabridan boshlangan edi. 2026 yil 11 yanvar yakshanba — dam olish kuniga to‘g‘ri kelgani bois, III chorak darslari 2026 yil 12 yanvardan boshlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Fevralda 1-sinflar uchun yana ta’til beriladimi?