date

Raqobat qo‘mitasi propan narxi oshishiga izoh berdi

Raqobat qo‘mitasi propan narxi oshishiga izoh berdi

Raqobat qo‘mitasi O‘zbekiston ichki bozorida suyultirilgan gaz narxi ko‘tarilgani yuzasidan munosabat bildirdi. Idora narxlarning oshishini mahalliy gaz ulushi kamayib, nisbatan qimmat import gazga talab ortgani bilan izohladi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yilda birjada 358 ming tonna gaz sotilgan. Shundan 61 foizi (219 ming tonna) mahalliy mahsulot, 39 foizi esa import mahsulot hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Yil boshida mahalliy gaz ulushi qariyb 80 foiz bo‘lgan bo‘lsa, avgustdan boshlab pasayish kuzatilgan: dekabrga kelib bu ko‘rsatkich 35 foizgacha tushgan, 2026 yil yanvarida esa 10 foizni tashkil etgan. Asosiy sabab sifatida mahalliy gazning asosan aholi va ijtimoiy obyektlar ehtiyojiga yo‘naltirilgani qayd etildi.

Mahalliy gaz narxi deyarli o‘zgarmagani, shuningdek xarid bo‘yicha cheklov (bir sessiyada 5 tonnadan ortiq emas) hisobiga uning bir tonnasi 7 mln so‘mdan yuqoriga chiqmagani bildirildi. Import gaz esa birjada 8 mln so‘mgacha narxda sotilgan.

Hozir import gazga talab ortayotgani sababli, birjadagi o‘rtacha narx asosan import yetkazib berishlar asosida shakllanmoqda. Bugun suyultirilgan gazning bir tonnasi o‘rtacha 9,5 mln so‘mdan sotilmoqda — bu dekabrga nisbatan qariyb 20 foizga yuqori.

Qo‘mita ichki bozorda narxlarni barqarorlashtirish bo‘yicha choralar ko‘rilayotganini, yoqilg‘i quyish shoxobchalarida narxlar doimiy monitoring qilinayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, mamlakatda avtomobillarning 11 foizi suyultirilgan gazdan foydalanishi, biroq u avtomobil yoqilg‘isi umumiy hajmida atigi 5 foiz ulushga ega ekani qayd etildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Raqobat qo‘mitasi propan narxi oshishiga izoh berdi