O‘zbekiston 2-yilda Malayziya va Indoneziyadan 100 ming turist qabul qiladi

Oʻzbekiston 2026–2027 yillarda “Umra Plyus” dasturi doirasida Malayziya va Indoneziyadan keladigan sayyohlar oqimini 100 ming nafargacha oshirishni maqsad qilgan. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.
Dasturga ko‘ra, mehmonlar Toshkent, Samarqand va Buxoroga sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Chet ellik sayyohlarni jalb etish uchun Ramazon hayiti va Qurbon hayiti tadbirlari tashkil etilishi, shuningdek “Imom Buxoriy izidan” hamda “Ramazonni Oʻzbekistonda o‘tkazing” nomli reklama kampaniyalari yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan.
Ushbu yo‘nalish bo‘yicha turist olib kelgan turoperatorlarga har bir mehmon uchun 100 dollar miqdorida subsidiya beriladi. Sayyohlarga mavsumdan tashqari davrlarda — 20 noyabrdan 20 fevralgacha hamda iyul oyida — tarixiy obidalarni tomosha qilish, mehmonxonalarda yashash va ovqatlanish xizmatlariga chegirmalar taqdim etiladi.
Rejani amalga oshirish uchun 10 tagacha samolyotni jalb etish va yangi aviaqatnovlarni ochish rejalashtirilgan. Xususan, Kuala-Lumpur – Samarqand, Kuala-Lumpur – Buxoro – Jidda, Jakarta – Samarqand – Jidda va Jakarta – Buxoro – Jidda yo‘nalishlari ishga tushirilishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!