date

Farg‘onada arxeologlar ikki ming yildan oshgan qadimgi Quva devorlarini topdi

Farg‘onada arxeologlar ikki ming yildan oshgan qadimgi Quva devorlarini topdi

Farg‘ona vodiysida o‘zbek-xitoy qo‘shma ekspeditsiyasi qadimgi Quva shahar xarobasidan shahar devorlarining noyob bo‘laklarini aniqladi. Topilmalar miloddan avvalgi III asrdan milodiy X asrgacha bo‘lgan davrga mansub ekani qayd etildi. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.

Loyan instituti va Farg‘ona davlat universiteti arxeologlari mazkur mudofaa inshootlari Parfiya va Davan davrlaridan tortib, Somoniylar hukmronligi davrigacha uzoq tarixiy qatlam davomida foydalanilganini ma’lum qildi.

Umumiy maydoni 110 ming kvadrat metrni tashkil etgan topilma Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab Sharq va G‘arb o‘rtasidagi faol madaniy aloqalar mavjud bo‘lganini tasdiqlovchi muhim dalillardan biri sifatida baholanmoqda.

Olimlar devor qurilishidagi texnologiyalar qanday o‘zgargani turli davrlardagi me’moriy tajriba va madaniy ta’sirlar shahar qiyofasiga qanday singganini ochib berishini ta’kidladi. Hozirning o‘zida yodgorlik hududida saroylar, shahar darvozalari, turar joy mavzelari, ko‘chalar hamda hunarmandchilik ustaxonalari izlari aniqlangan.

Ekspeditsiya rahbari Lyu Bin bu xarobalar Quvaning mintaqadagi yirik savdo va ma’muriy markazlardan biri bo‘lganini yana bir bor tasdiqlashini bildirdi.

Tadqiqotchilar 2026 yilda shahar saroy qismida tizimli qazish ishlarini boshlashni rejalashtirmoqda. Bu ishlar hududning ichki rejalashtirilishini batafsil o‘rganish va xalqaro almashinuvning qadimiy markazlaridan biri bo‘lgan Quvaning tarixiy qiyofasini qayta tiklashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Farg‘onada arxeologlar ikki ming yildan oshgan qadimgi Quva devorlarini topdi